08.03.01 "Qurilish" yo'nalishi

Quruvchi - bu eng qadimgi kasblardan biridir. Quruvchining mehnati bugungi kunda juda yuqori qadrlanadi, sababi 21 chi asr - sanoat va qurilishlari asri hisoblanadi: osmono'par binolar, yer-osti, yer-usti ko'priklar va inshootlar aynan yuqori malakali Quruvchilar yutug'i hisoblanadi.

Quruvchi muhadisdan - qat'iyatlilik, e'tibor, aniq hisob talab etiladi. Ushbu kasbni egallash uchun siz loyiha, loyihalash-smeta va tadqiqot hujjatlarini tuzish ko'nikmalarini egallashingiz kerak. Bugungi kunda bunday xodimlar turli sohalarda zarur. Ular turar-joy va savdo, sanoat va boshqa binolarni qurishda qatnashadilar. Ular muhandislik kommunikatsiyalari, sanitariya tizimlari uchun mas'uldirlar. Oliy ma'lumotli quruvchi tashkiliy va boshqaruv lavozimlarini egallashi mumkin. Shuningdek, u qurilish sanoatiga yangi texnologiyalar, materiallar va usullarni olib kirish maqsadida tajribalar va tadqiqotlar bilan shug'ullanadi.

O'qish muddati

  • Kunduzgi o'qish 4 yil.
  • Sirtqi, kechki bo'lim yoki aralash shaklni tanlashda talaba 5 yil o'qishi kerak bo'ladi.

 

O'quv dasturiga kiritilgan fanlar Bakalavr dasturi quyidagi fanlarni majburiy o'rganishni o'z ichiga oladi:

  • qurilishda texnologik jarayonlar;
  • muhandislik grafikasi;
  • geodeziya, geologiya;
  • tuproq mexanikasi;
  • qurilishning huquqiy asoslari.

Kelajakdagi kasb

 

08.03.01 "Qurilish" yo'nalishiga kirib, keyinchalik bitiruvchi qurilish bilan bog'liq bo'lgan turli xil muammolarni hal qila oladi. Bu muhandislik tadqiqotlari yoki loyihalar bo'yicha ishlar, qurilish jarayonida bevosita ishtirok etish va qurilish obyektlarining keyingi ishlashini nazorat qilish bo'lishi mumkin. Sobiq talaba, bino va inshootlarni baholashi va ularni rekonstruktsiya qilish bilan shug'ullanishi mumkin.

"Qurilish" yo'nalishi bitiruvchisi egallashi mumkin bo'lgan lavozimlar:

  • Qurilish muhandisi
  • Taxminchi
  • Landshaft arxitektori
  • Rieltor
  • Energetik
  • Quruvchi
  • Shaharsozlik ekologi
  • Qoplama mutaxassisi

Quruvchining o'rtacha oylik maoshi Rossiyada

Bugungi kunda Rossiyaning hh.ru - ishchi qidirish saytida Quruvchiga taklif qilinyapkan vakasiyalar soni 569 ta, va o'rtacha oylik maoshi quyidagicha:

(Kurs bugungi kunda 1$ = 74 rubl., shunda o'rtacha oylik 100 000 rubl = 1351$)

Quruvchining o'rtacha oylik maoshi O'zbekistonda

Bugungi kunda O'zbekistonning Rabota.uz - ishchi qidirish saytida Quruvchiga taklif qilinyapkan vakasiyalar soni 44 ta, va o'rtacha oylik maoshi quyidagicha:

Qayerda o'qisa bo'ladi?

The Intuition Consulting quyidagi Rossiya Universitetlarida Qurilish yo'nalishida (byudjet) o'qish taklif qiladi:

The Intuition Consulting quyidagi Qozog'iston va Qirg'iziston Universitetlarida Qurilish yo'nalishida o'qish taklif qiladi: