Zapolyarniy davlat universiteti (ZDU)

Rossiyaning eng shimoliy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Norilsk shahrida joylashgan. Bu universitet nafaqat sifatli ta’lim beradi, balki Shimol sharoitida va ilg‘or sanoat korxonalarida ishlashga tayyor bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Tarix va vazifa Universitet 1961-yilning 30-dekabrida Norilsk davlat sanoat instituti sifatida tashkil etilgan. Uning tarixi Norilskning rivojlanishi va mintaqaning yirik sanoat korxonalari bilan chambarchas bog‘liq. […]
Davlat boshqaruvi universiteti (DBU)

Boshqaruv, biznes va xalqaro maydon uchun kelajak yetakchilarini tayyorlovchi nufuzli ta’lim va boshqaruv innovatsiyalari markazi. Ushbu universitet anʼanalar va zamonaviy yondashuvlarni uygʻunlashtirgan holda, talabalarga kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. Nima uchun DBUni tanlashadi? DBU zamonaviy o‘zgarishlar va biznes boshqaruvi sohasidagi talablarni tezda moslashtirish qobiliyati bilan ajralib turadi. Universitet ta’lim jarayoniga ilg‘or […]
Magnitogorsk davlat texnik universiteti (MDTU)

Janubiy Ural mintaqasidagi etakchi ta’lim va ilmiy markaz bo‘lib, hududning asosiy tayanch universiteti hisoblanadi. 1934-yilda tog‘-metallurgiya sanoati uchun muhandis kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan universitet bugungi kunda xalqaro darajadagi ko‘p tarmoqli ilmiy-ta’lim muassasasiga aylangan. Tarix va yutuqlar MDTU o‘zining deyarli bir asrlik tarixi davomida nafaqat Rossiyada, balki xalqaro miqyosda ham yirik ilmiy-ta’lim markaziga aylandi. Bugungi […]
Rossiya Davlat Adliya Universiteti (RDAU)

sud tizimi uchun yuridik kadrlar, boshqaruvchilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashda yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasi Oliy Sudi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu universitet mamlakatda adolatli huquqiy tizimni ta’minlashga qaratilgan yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishda muhim rol o’ynaydi. Ta’lim jarayoni va yo’nalishlar Bugungi kunda RDAU va uning 11 ta filialida jami 26 mingga yaqin talabalar […]
Rossiya Islom Universiteti

RIIning asosiy maqsadi – Rossiya musulmon ummatiga xizmat qilishga chaqirilgan islom ilohiyoti, tarix, huquq, til, islom iqtisodiyoti sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali zamonaviy musulmon ziyolilarini tarbiyalashdan iborat. . Institutda qabul qilingan hukmron diniy-huquqiy maktab Imom Abu Hanifa mazhabidir. Institut Rossiya Federatsiyasi musulmonlarining aksariyati uchun an’anaviy bo’lgan boshqa diniy va huquqiy maktablarga hurmat bilan qaragan […]
Lobachevskiy nomidagi Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davlat universiteti

Rossiyaning yirik universitetlaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamli yo‘nalishlar bo‘yicha klassik oliy ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Talabalar hamjamiyati va ta’lim yo‘nalishlari Universitetda 30 000 nafar talaba tahsil oladi, ulardan 42% byudjet asosida o‘qiydi. Talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olishadi: 20,6% — «Iqtisodiyot va boshqaruv», 13% — «Huquqshunoslik», 6,9% — «Informatika va hisoblash texnikasi», 5,7% — […]
Sankt-Peterburg Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Sankt-Peterburg Davlat Iqtisodiyot Universiteti Rossiyadagi iqtisodiyotga ixtisoslashgan OTMlar orasida alohida o‘rinni egallaydi. Universitet o‘z talabalariga akademik bilimlarni real biznes amaliyotlari bilan uyg‘unlashtirishni taklif etadi. Ta’lim jarayonida talabalarning tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va nazariy bilimlarni amalda qo‘llashga alohida e’tibor qaratiladi, bu esa bitiruvchilarni mehnat bozorida yuqori raqobatbardosh qiladi. SPbGÈU – bu nafaqat bilim olish, balki talabalarga dunyoning […]
Plehanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti

Mamlakatdagi iqtisodiyot va boshqaruv sohasidagi yetakchi OTMlardan biri hisoblanadi. Ta’limning asosiy xususiyatlari – amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan boshqaruv va iqtisodiy tayyorgarlik, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda kuchli matematik, statistik va yuridik asoslarga ega o‘qitishdir. Tuzilma va ta’lim dasturlari Universitet quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 12 ta fakultet va oliy maktab, 50 dan ortiq bakalavriat, mutaxassislik va magistratura […]
Rossiya davlat agrar universiteti

Qishloq xo‘jaligi akademiyasi mamlakatning agrar ta’lim sohasida yetakchi hisoblanadi. Mazkur universitetda zamonaviy ilmiy maktablar shakllangan bo‘lib, ular yuksak malakali olimlar va pedagoglarni tarbiyalab, mamlakatning qishloq xo‘jaligi ilm-fanida muhim o‘rin tutib kelmoqda. Yutuqlar va ma’lumotlar 150 yildan ortiq tarix davomida «Timiryazevka»da 200 000 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan. 20 000 dan ziyod nomzodlik va doktorlik […]
Moskva shahar Pedagogika Universiteti

Universitet 1995 yilda Moskva hukumati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 25 yildan ortiq vaqt davomida turli yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlab kelmoqda. Mazkur universitet Rossiyaning eng yaxshi 3 pedagogika OTMlari qatoriga kiradi. Bugungi kunda universitetda 13 ta institut, maktab va kollejlar faoliyat yuritadi. 16 000 dan ortiq talaba 72 ta bakalavriat va mutaxassislik dasturi, […]