1849-yilda asos solingan Brnodagi Texnika Universiteti (BUT) Chexiyaning eng yetakchi texnika universitetlaridan biri bo‘lib, QS TopUniversities reytingiga ko‘ra dunyoning eng yaxshi o‘quv yurtlari qatoriga kiradi. BUT nafaqat o‘zining yuqori sifatli ta’lim dasturlari, balki zamonaviy o‘qitish uslublari va kuchli infratuzilmasi bilan mashhur. Bugungi kunda universitetda 18 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda, ularning aksariyati dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan bo‘lib, bu yerda o‘ziga xos xalqaro muhit yaratilgan.
Yo‘nalishlar va fakultetlar
BUT talabalarga keng qamrovli yo‘nalishlarda sifatli ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi:
Arxitektura fakulteti:
- Arxitektura va shaharsozlik
- Arxitektura
Elektrtexnika va aloqa fakulteti:
- Elektr, elektron, aloqa va boshqaruv texnologiyalari
- Avtomatlashtirish va o‘lchash texnologiyalari
- Elektronika va aloqa
- Mikroelektronika va texnologiyalar
- Energetika elektrtexnikasi va elektronika
- Telekommunikatsiya informatikasi
- Biotibbiy texnologiyalar va bioinformatika
- Ovozni boshqarish texnologiyalari
Kimyo fakulteti:
- Kimyo va oziq-ovqat texnologiyalari
- Biotexnologiya
- Oziq-ovqat kimyosi
- Tibbiyotda qo‘llaniladigan kimyo
- Ekologik himoya uchun kimyo va texnologiyalar
Axborot texnologiyalari fakulteti:
- Axborot texnologiyalari
San’at fakulteti:
- Rassomlik
- Haykaltaroshlik
- Grafika
- Grafik dizayn
- Sanoat dizayni
- Multimedia va videoproduksiya
Tadbirkorlik fakulteti:
- Iqtisodiyotdagi miqdoriy usullar
- Iqtisodiyot va biznes
- Tizimli muhandislik va informatika
- Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish (ingliz tilida)
BUT’da ta’limning afzalliklari
- 6 yil davomida bepul ta’lim olish imkoniyati!
- Chexiya qonunchiligiga muvofiq haftasiga 20 soat ishlash huquqi.
- Shengen hududining 26 davlatiga vizasiz kirish.
- Work and Travel dasturlarida qatnashish imkoniyati.
- Diplomni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga moslashtirish imkoniyati.
Hujjat topshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:
- Pasport nusxasi
- Diplom yoki sertifikat
- 3,5 x 4,5 o‘lchamdagi fotosurat
- Xalqaro pasport
Talablar:
- Chex yoki ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilish
- O‘rtacha ball – 70% va undan yuqori
Yotoqxona va yashash sharoitlari:
BUT talabalarga oyiga 240 yevrodan boshlanadigan qulay va arzon yotoqxonalarda yashash imkoniyatini taqdim etadi.
Innovatsiya va imkoniyatlar dunyosi
Brnodagi Texnika Universiteti nafaqat o‘quv muassasasi, balki talabalarga zamonaviy bilimlar, xalqaro tajriba va muvaffaqiyatli kelajak sari yo‘l ochuvchi eshikdir. IBM, Siemens, ABB, T-Mobile kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik qiluvchi universitet talabalari kelajakda yirik xalqaro korporatsiyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🌟 Texnika va muhandislik sohalaridagi innovatsiyalarga qadam qo‘ying! Brnodagi BUT — kelajakka ilk qadamlaringiz uchun ideal tanlov!