SINGAPURDA joylashgan va xalqaro darajadagi ta’lim imkoniyatlarini taklif qiluvchi nufuzli o‘quv yurtlaridan biridir. Universitet talabalariga ingliz tilidagi o‘qish muhitida yuqori sifatli ta’limni taqdim etadi va dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda diplom dasturlarini taqdim etadi.
LSBF Singapore ning afzalliklari:
- To‘liq ingliz tilida o‘qish muhiti: Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi va tezlashtirilgan bakalavriat va magistratura dasturlari taklif etiladi.
- Xalqaro imkoniyatlar: Tanlangan dasturga qarab, talabalar AQSH, Kanada, Avstraliya yoki Yangi Zelandiyaga o‘qishni davom ettirish uchun oxirgi yilni o‘tgazishlari mumkin.
- Moslashuvchan qabul talablar: Ayrim dasturlar IELTS sertifikati talab qilmasdan, faqat universitetning ichki imtihonini muvaffaqiyatli topshirish kifoya.
- Nufuzli diplomlar: Dasturni tamomlagan talabalar Buyuk Britaniyaning Greenwich University yoki University of East Londondan bakalavriat diplomi olishadi.
- Viza olishda yordam: LSBF o‘quvchilarga o‘quv vizasini olish jarayonida yordam beradi.
Ta’lim strukturası: Barcha talabalar Diploma dasturidan boshlashadi, keyin esa o‘qishni SINGAPURDA yoki AQSH, Kanada, Avstraliya yoki Yangi Zelandiyada davom ettirishlari mumkin.
Diploma Dasturlari (1,5 yil):
- Narx: 5930–5959 USD (7932 SGD) semestr uchun
- Mavjud yo‘nalishlar:
- Buxgalteriya va moliya
- Mehmondo‘stlik va turizm menejmenti
- Kompyuter fanlari
- Ma’lumotlar tahlili va analitika
- Logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish
- Biznes tadqiqotlari
Bakalavriat Dasturlari (1 yil):
- Narx: 9430–12,300 USD
- Mavjud yo‘nalishlar:
- BA (Bakalavr): Buxgalteriya va moliya
- BA (Bakalavr): Mehmondo‘stlik menejmenti
- BSc (Bakalavr): Kompyuter fanlari
- BSc (Bakalavr): Kiberxavfsizlik va tarmoq texnologiyalari
- BA (Bakalavr): Biznes tadqiqotlari
- BA (Bakalavr): Logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish
Magistratura Dasturlari (1-2 yil):
- Narx: 14,000–15,000 USD
- Mavjud yo‘nalishlar:
- MSc: Kompyuter fanlari
- MSc: Axborot xavfsizligi va raqamli jinoyat tahlili
- MA: Logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish
- MA: Xalqaro biznes
- MSc: Moliyaviy boshqaruv
Nima uchun LSBF tanlanadi? SINGAPURNING zamonaviy va dinamik muhitida joylashgan LSBF — barqaror iqtisodiyot, yuqori hayot darajasi va a’lo ta’lim tizimi bilan tanilgan o‘quv markazidir. Universitet sifatli ta’limni arzonroq narxlarda taklif etadi, shu sababli talabalar dunyo bo‘ylab o‘qish uchun keng imkoniyatlarga ega.