Chexiyada o‘rta ta’lim olish — bu o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan yoshlar uchun noyob imkoniyat. Bizning ko‘maklashish dasturimiz yordamida siz nafaqat Chexiyaning eng yaxshi maktablaridan birida o‘qishga kirishingiz, balki Yevropa ta’lim tizimida muvaffaqiyatli start olishingiz mumkin.
Nega aynan Chexiyada o‘qish kerak?
- Bepul ta’lim. Chexiya maktablarida chet ellik talabalar uchun ta’lim bepul.
- Oson til. Chex tili boshqa slavyan tillariga o‘xshashligi sababli o‘zlashtirish osonroq.
- Yuqori darajadagi tayyorgarlik. Chexiya maturita sertifikati Yevropaning barcha universitetlarida qabul qilinadi.
- Oson moslashuv. O‘quvchilar mustaqil hayot va yangi muhitga tezda ko‘nikib ketadilar.
- Yo‘nalishlarning keng tanlovi. Tibbiyot, IT, arxitektura, reklama va marketing, xalqaro munosabatlar — o‘quvchilar o‘z qiziqishlari bo‘yicha yo‘nalishni tanlaydilar va o‘rta maktabni tamomlagach, kasb egasi bo‘ladilar.
- Arzon yashash xarajatlari. Yevropaning ko‘plab mamlakatlariga qaraganda yashash va oziq-ovqat xarajatlari arzonroq.
Chexiyada o‘rta ta’lim tizimi
O‘rta ta’lim muddati — 4 yil va quyidagi turlarga bo‘linadi:
- Klassik gimnaziyalar. Umumiy o‘rta ta’limga asoslangan.
- Ixtisoslashgan o‘rta maktablar. O‘quvchilar umumiy ta’lim bilan birga texnik, iqtisodiy yoki tibbiy bilimlarga ega bo‘ladilar.
- San’at va sport maktablari. San’at yoki sport bilan shug‘ullanishni istaganlar uchun maxsus yo‘nalishlar.
Talim yakunida bitiruvchilar bitiruv imtihonlari (maturita) topshiradilar va xalqaro darajadagi diplom olishadi, bu ularga Yevropa va boshqa mamlakatlarning universitetlariga kirish uchun imkoniyat yaratadi.
O‘qishga qabul bosqichlari
1. Tayyorlov bosqichi (yanvar–mart)
- Yo‘nalish va maktab tanlash.
- 100 akademik soatlik onlayn chex tili va matematika kurslari.
- Hujjatlar to‘plash: 7–9-sinf baholari, tibbiy ma’lumotnoma, notarial tasdiqlangan tarjimalar.
2. Kirish imtihonlari (aprel–may)
- 1-bosqich (aprel):
- Chex tilida direktor bilan suhbat.
- Matematika bo‘yicha yozma test.
- Baholar (8 va 9-sinflarning o‘rtacha bahosi).
- 2-bosqich (may): Agar birinchi bosqichda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ikkinchi imkoniyat beriladi.
- 3-bosqich (iyul–avgust): Qo‘shimcha abituriyentlarni qabul qilish.
Ijodiy maktablar uchun: portfel taqdimoti, ijodiy imtihon va suhbat (matematika testi talab qilinmaydi).
3. Yozgi tayyorgarlik (iyul–avgust)
- Chex tili bo‘yicha intensiv kurs (250 akademik soat).
- Universitet komissiyasi tomonidan o‘zlashtirish monitoringi.
4. Uzoq muddatli viza olish (may–iyun)
- Muvaffaqiyatli o‘qishga kirgandan so‘ng hujjatlar uzoq muddatli vizaga topshiriladi.
5. O‘qishni boshlash (sentyabr)
- Sentyabr oyining boshida o‘quv yili boshlanadi.
To‘liq qo‘llab-quvvatlash dasturi
Bizning dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Tayyorlov kurslari:
- 100 akademik soatlik chex tili onlayn kursi.
- 250 akademik soatlik chex tili kursi Praga shahrida.
- Viza ko‘magi.
- Maktab va turar joy tanlash.
- Hamroh bo‘lish:
- Aeroportda kutib olish.
- Imtihonlarda yordam berish.
- Maktabga qabul jarayonida ko‘mak.
- Nazorat:
- Kuryatorlar o‘quvchining o‘zlashtirishini nazorat qilib boradilar.
- Majlislarda ishtirok etib, ota-onalarni xabardor qilib turadilar.
- Zarur hollarda shifokor yoki huquqiy masalalarda ko‘maklashadilar.
Dasturga nimalar kiradi?
- 350 akademik soatlik chex tili kursi.
- 24/7 kuryator ko‘magi birinchi o‘quv yilida.
- Hujjatlarni rasmiylashtirishda maslahat va yordam.
- O‘qishga kirish va ta’lim boshlanishigacha to‘liq qo‘llab-quvvatlash.
Nega ota-onalar bizni tanlaydi?
- Individual yondashuv. Biz o‘quvchining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olib, mos maktab va o‘qish rejasini tuzamiz.
- Vaqtni tejash. Barcha tashkiliy masalalarni biz o‘z zimamiza olamiz.
- Xavfsizlik kafolati. Bolangiz tajribali kuryatorlar nazorati ostida bo‘ladi.
- Doimiy yordam. Biz o‘quv yili davomida aloqada bo‘lib, istalgan vaqtda yordam berishga tayyormiz.
Tayyorgarlikni bugundan boshlang!
Yaxshi vaqt — 14–16 yosh. Biroq bizning dasturimiz 35 yoshgacha bo‘lganlar uchun ham mos. Chexiyada o‘rta maktabni tamomlab, siz Yevropaning istalgan oliy o‘quv yurtida ta’limni davom ettirishingiz va xalqaro diplomga ega bo‘lishingiz mumkin.
Biz bilan bog‘laning va kelajagingizni bugundan boshlab quring!