Rossiyaning Osiyo qismidagi eng qadimgi texnik oliy o‘quv yurti bo‘lib, u 128 yillik tarixga ega. Bu nafaqat ta’lim maskani, balki muhandislik va ilm-fan sohasida zamonaviy texnologiyalar va bilimlar markazidir.
Rossiyadagi muhandislik taʼlimining yetakchisi
TPU nufuzli reytinglarda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda:
- 1-o‘rin QS xalqaro reytingida «Neft-gaz ishi» yo‘nalishi bo‘yicha.
- 1-o‘rin RAEX reytingida «Kimyo texnologiyalari» va «Energetika» yo‘nalishlari bo‘yicha.
Shuningdek, universitet atom texnologiyalari, elektronika va IT kabi yo‘nalishlarda yetakchilardan biridir.
Yirik kompaniyalar bilan hamkorlik
Tomsk Politexnika Universiteti «Gazprom», «Rosatom», «Rosneft» kabi yirik korporatsiyalarning tayanch universiteti hisoblanadi. Hamkor kompaniyalar bilan birgalikda ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi, bu esa bitiruvchilarni mehnat bozorida yuqori talabga ega qiladi. TPU bitiruvchilariga ish beruvchilar tomonidan bir nechta taklif tushadi.
Amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish
TPU ko‘plab amaliy mashg‘ulotlar va stajirovkalari bilan mashhur.
- Universitet zamonaviy laboratoriyalar va uskunalarga ega.
- Rossiyada yagona faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqot yadroviy reaktori mavjud.
- «Energetikadagi intellektual tizimlar» yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilgan.
Talabalar shaharchasi: Rossiyaning talabalar poytaxti
Universitet shaharchasi Tomsk shahrining markazida joylashgan bo‘lib, bu shahar Rossiya talabalar poytaxti maqomiga ega. Tomsk o‘zining talabalarga mos atmosferasi, yashil ko‘chalari va qulay kafelari bilan Yevropadagi universitet shaharlarini eslatadi.
Shaharcha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Tarixiy va zamonaviy o‘quv binolari.
- Ilmiy park.
- 15 ta talabalar yotoqxonasi.
- Kutubxona va madaniy markaz.
- Startap studiyasi va sport majmuasi.
Talabalar hayoti: rang-barang va mazmunli
TPUda turli xil talabalar klublari va birlashmalari faoliyat yuritadi:
- «Sibir sherlari» sport klubi.
- Energetika klubi va Talabalar ilmiy jamiyati.
- Media markaz, volontyorlik jamiyatlari va klassik vokal maktabi.
Bitiruvchilarning ramzi: muhandis missiyasi
TPUda eng yaxshi bitiruvchilarga «Missiya: muhandis» o‘yib yozilgan maxsus uzuk beriladi. Bu ramz kasbiy e’tiqod va Tomsk politexniklar jamoasiga mansublikni bildiradi.
Aloqa maʼlumotlari
Universitet manzili:
Tomsk shahri, Lenin prospekti, 30-uy.
Markaziy qabul komissiyasi:
Tomsk shahri, Usova ko‘chasi, 13v-uy, TPU Xalqaro madaniyat markazi.
TPU haqida faktlar
- 11 500 dan ortiq talaba va aspirantlar.
- 24% xorijiy talabalar.
- 11 tadqiqot va muhandislik maktabi.
- 32 ta o‘quv va laboratoriya binolari.
- 13 ta sport inshootlari va 9 ta sport klubi.
- 15 ta talabalar yotoqxonasi.
- Ilmiy-tadqiqot markazi: Yadroviy tadqiqot reaktori.
Tomsk Politexnika Universiteti: kelajakni qo‘lda yaratamiz
TPU nafaqat universitet, balki muhandislik va ilm-fan yetakchilarini tayyorlaydigan markazdir. Bu yerda anʼanalar va innovatsiyalar birlashib, talabalar nafaqat bilim, balki muvaffaqiyatli martaba uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘nikmalarni olishadi. Tomsk Politexnika Universiteti jamoasiga qo‘shiling va katta muhandislar oilasining bir qismi bo‘ling!