QS Reytingi: TOP-420
ČVUT — Chexiyaning eng nufuzli texnik universiteti bo’lib, 170 yillik tarixga ega. Bu yerda o’qish nafaqat bilim olish, balki xalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatli karyera qurish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Nima uchun ČVUT tanlash kerak?
Tan olish va sifat
ČVUT dunyoning QS reytingida 420-o’rinda turadi. Universitetning bitiruvchilari o’zlarining texnik bilimlari va chet tillarini bilishlari bilan mehnat bozorida yuqori talabga ega.
Xalqaro imkoniyatlar
Har bir magistratura bitiruvchisi kamida bir semestrni chet elda o’tkazadi. ČVUT dunyo bo’ylab Toyota, Siemens, Bosch, Skoda Auto, ABB Group, Vodafone kabi yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Bepul ta’lim
Talabalar uchun 3 yil davomida bepul ta’lim imkoniyati mavjud.
Ta’lim davomida 20 soat ishlash imkoniyati — o’zingizni moliyaviy jihatdan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Qulay joylashuv
Praga — Yevropaning markazi, 26 ta Shengen hududiga vizasiz kirish imkoniyatini beradi.
Keng yo’nalishlar tanlovi
Universitet 8 ta fakultetda 419 dan ortiq mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim beradi, jumladan:
- Axborot texnologiyalari
- Aviatsiya muhandisligi va samolyotsozlik
- Bioinjeneriya
- Qurilish va arxitektura
- Yadro fizika va muhandislik
- Elektrotexnika va mashinasozlik
Hujjatlar va talablar
- Pasport nusxasi
- Diplom yoki sertifikat (tarjima qilingan)
- 3,5×4,5 o’lchamdagi fotosurat
- Chet elga chiqish pasporti
- Talablar: Rus yoki ingliz tilini bilish (minimal darajada), o’rtacha ball 70% va yuqori.
ČVUT talabalariga afzalliklar:
- Dunyo miqyosida tan olingan ta’lim
- Xalqaro imkoniyatlar, jumladan, Work and Travel va xalqaro amaliyotlar
- Oylik 240 yevrodan boshlanadigan yotoqxona narxlari
Kelajagingizni bugun boshlang!
ČVUTda o’qish — bu sizning kelajagingizni yaratishga birinchi qadam. Chexiyaning eng nufuzli texnik universitetida o’qishni boshlang va Yevropaning markazida muvaffaqiyatli karyerangizni qurish imkoniyatiga ega bo’ling!