2004-yilda Quyi Avstriya Savdo palatasi va Biznesni rivojlantirish instituti tomonidan tashkil etilgan. Yosh bo‘lishiga qaramay, universitet dizayn, texnologiya va biznes sohasidagi sifatli ta’limni taqdim etadigan xalqaro ta’lim markaziga aylandi.
NDU — bu kelajak ijodkorlari shakllanadigan joy. Bu yerda talabalarga an’anaviy doiralardan chiqib, dunyoni o‘zgartira oladigan loyihalar yaratish va zamonaviy dizayn muammolarini o‘rganish uchun imkoniyat beriladi.
Bugungi kunda universitetda 500 nafar talaba tahsil olmoqda va ular innovatsion muhitning ajralmas qismiga aylanishmoqda.
New Design University’da ta’lim yo‘nalishlari
Universitet keng ko‘lamli ta’lim dasturlarini taklif qiladi va talabalar o‘z qiziqishlari va maqsadlariga muvofiq yo‘nalishni tanlashlari mumkin.
Bakalavriat dasturlari:
- Grafik dizayn va axborot dizayni — grafik ko‘rinishda murakkab g‘oyalarni ifodalash san’ati.
- Ichki makon va 3D dizayn — makonlarni loyihalash va uch o‘lchamli ob’ektlarni yaratish.
- Qo‘l mehnati va moddiy madaniyat — zamonaviy dunyoda materiallar bilan ishlash san’ati va hunarmandchilik.
- Tadbir injiniringi — texnologiyalardan foydalangan holda tadbirlarni tashkil etish va rejalashtirish.
- Raqamli tizimlar dizayni — IoT — «aqlli» echimlarni ishlab chiqish va Internet narsalarini tadbiq qilish.
- Dizaynda menejment — ijodiy jarayonlarni biznes strategiyalari va boshqaruv bilan birlashtirish.
Magistratura dasturlari:
- Ichki makon dizayni va vizual kommunikatsiya — makon va vizual yechimlarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish.
- Tadbirkorlik va innovatsiyalar — loyihalarni boshqarish va startaplarni yaratishga qodir bo‘lgan yetakchilar uchun dastur.
Kasbiy malaka oshirish kurslari
NDU kasbiy malaka oshirish va qayta tayyorlash uchun qisqa maxsus kurslarni ham taklif qiladi. Kurslar 2-3 semestr davom etadi va tugatgandan so‘ng talabalarga oddiy diplom beriladi (bakalavr yoki magistr darajasi emas).
Misollar:
- Kitob dizayni — kitoblarni bezash va sahifalash san’ati.
- Akustika va dizayn — ovoz bilan ishlash va uni loyihalarga integratsiya qilish.
- Yoritish texnologiyalari va dizayn — yoritish bo‘yicha innovatsion yechimlarni yaratish.
- Taom va dizayn — gastronomiyani estetika va innovatsiya orqali o‘rganish.
- Mahsulot dizayni — g‘oyadan tayyor prototipgacha bo‘lgan jarayon.
- Dizayn fikrlash va innovatsiya — biznes masalalarini hal qilish uchun ijodiy yondashuv.
- Biznesdagi raqamli transformatsiya — raqamlashtirish davrida o‘zgarishlarni boshqarish.
NDUga kirish shartlari
Universitetga kirish uchun talabgor nemis tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak. Qabul jarayoni kirish imtihonlari natijalariga asoslanadi. Talabalardan o‘z portfoliolari va ijodiy loyihalarini taqdim etish, suhbatdan o‘tish talab qilinadi.
Qabul talablari va kirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot universitet rasmiy saytida mavjud yoki universitet vakili bilan maslahatlashish orqali bilib olish mumkin.
O‘qish narxi
Bir semestr uchun ta’lim narxi dasturga qarab 3 000 dan 4 500 yevrogacha bo‘lishi mumkin.
New Design University — bu ijodkorlik, innovatsiya va biznes fikrlash uyg‘unlashgan maskan. Bu yerda talabalarga kelajakdagi global muammolarni hal qilish uchun zamonaviy bilimlar va ko‘nikmalar beriladi.